"Raqibni hayron qoldirishga harakat qilamiz" - "Al-Xaldiya" va "Andijon" o‘yinidan oldingi matbuot anjumani

  • 05.11.2025 01:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Al-Xaldiya” - “Andijon” jamoalari o‘rtasidagi bellashuv “Al-Muharraq” stadionida bo‘lib o‘tadi.

O‘yin oldidan odatdagidek matbuot anjumani tashkil etildi. Unda dastlab "Andijon" ustozi Maksim Shatskix va futbolchi Usmonali Ismonaliev ishtirok etib, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar.

- Bu o‘yinga qanday tayyorgarlik ko‘rildi?

Maksim Shatskix: - Hammaga xayrli kech. Bu uchrashuvga har doimgidek - chempionat va OChL bahslaridagi tayyorgarlik kabi hozirlik ko‘rdik. Men ishonamanki, hamma turnir jadvalidagi holatni biladi. Ushbu uchrashuv muhimligini ham bilib turibmiz. Biz jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik va tayyormiz. Qanaqa natija bo‘lishini ertaga o‘yindan keyin ko‘ramiz.

Usmonali Ismonaliev: - Bu raqib bilan o‘ynaganimizga hali ko‘p bo‘lmadi. Birinchi uchrashuvda ikkala jamoa bir-birini yaxshi o‘rgandi, deb o‘ylayman. Xudo xohlasa, yarasha tayyorgarlik ko‘rib keldik. Bekordan-bekorga kelganimiz yo‘q. Bu oddiy uchrashuv emas. Nasib bo‘lsa, uch ochko bilan qaytishga harakat qilamiz. Murabbiylarni ko‘rsatmalarini to‘liq bajarsak, uyga g‘alaba bilan qaytamiz.

Shuningdek, matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Ali Ashur va futbolchisi Maxdi Abdulajjabor qatnashishdi.

- Biz ertaga qanday muhim o‘yinligi bilib turibmiz. Siz murabbiy sifatida ushbu uchrashuvdan nima kutyapsiz?

Ali Ashur: - Bu o‘yinni hurmat qilamiz. Guruhdagi to‘rtta jamoada keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bor. Biz jamoamizni taktik tomondan yaxshi tayyorladik. To‘rtta bahsni o‘tkazdik, bu beshinchi uchrashuvimiz. “Andijon”ga qarshi qo‘limizdan kelganicha eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatib, uch ochko olishga harakat qilamiz. Muxlislarimizni xursand qilishga intilamiz.

Maxdi Abduljabbor: - Biz uchun jiddiy o‘yinligini bilamiz. “Andijon” jamoasiga qarshi o‘tgan oldingi o‘yinimizni tahlil qilib, xatolarimizni o‘rganib chiqdik va kamchiliklarimizni yo‘qotish ustida ishladik. Uch ochkoni qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga chiqish maqsadimiz bor.  

- Guruhda kuchli raqobat bor. Har bir o‘yin finaldek muhim. Bu uchrashuvdagi g‘alaba jamoangizga keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini oshiradi. Bo‘lajak o‘yinda butun mahoratingizni ko‘rsatishga tayyormisiz?

Ali Ashur: - Albatta. “Al-Xaldiya” Bahrayndagi eng katta klublaridan biri. Biz chempion bo‘lganmiz. Har bir o‘yinga bor imkoniyat va kuchimizni sarflaymiz. “Andijon”ga qarshi uchrashuv juda muhimligini bilib turibmiz. Ertaga hujumkor futbol ko‘rsatamiz va raqibni hayron qoldirishga harakat qilamiz.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!