Rasman! AGMK yana bir transferni e’lon qildi (foto)

  • 17 fevral, 2021, 09:27
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AGMK yangi 2021 yilgi mavsumga har taraflama jiddiy hozirlik ko‘rishda davom etmoqda. Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi tomonidan olib borilayotgan selektsion ishlar natijasida jamoa navbatdagi transfer orqali tarkibni yanada shakllantirdi.

Tecno

Bu gal jamoa tajribali futbolchi Vladimir Kozak bilan 2021 yil yakuniga qadar shartnoma imzoladi. Kozak erkin agent sifatida AGMK jamoasiga o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Vladimir Kozak 1993 yil 12 iyun kuni Namangan shahrida tavallud topgan. Futbolchi professional faoliyatini 2010 yildan "Paxtakor" jamoasida boshlagan va 11 mavsum davomida ushbu klub sharafini himoya qilgan. Kozak faoliyati davomida jami 299 o‘yin o‘tkazgan 24ta golga mualliflik qilgan.

Kozakning maydondagi asosiy ampluasi markaziy yarim himoya hisoblanadi. Lekin universal futbolchi sifatida shakllangan iqtidor sohibi maydonning istalgan nuqtasida bir maromda o‘ynash qobiliyatiga ega. Kozak tayanch yoki markaziy yarim himoyadan tashqari qanot va markaziy himoyachi hamda kerak paytda hujumkor vinger rolida ham harakatlana oladi.

Kozak faoliyati davomida 5 karra O‘zbekiston chempioni va 3 karra O‘zbekiston kubogi sohibi hamda Liga kubogida zafar quchgan.

photo_2021-02-17_09-25-12

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!