Rasman! "Ajdarlar" kubokdagi g‘alaba evaziga OChLda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi

  • 30 oktabr, 2022, 19:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston kubogi finalidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Nasaf" o‘yini yakuniga etdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi. Qo‘shimcha taymlarda esa nominal mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Tecno

Shu tariqa, "ajdarlar" kelasi yil bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Agar klub Superligada ham chempionlikni qo‘lga kiritsa, birinchilikda kumush medallarini qo‘lga kiritgan jamoa keyingi yo‘llanmaga ega chiqadi. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston uchun OFK tomonidan 2+2 ko‘rinishida kvota ajratilgan. Ikki jamoamiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichida qatnashadigan bo‘lsa, yana ikki klubimiz saralash bosqichida o‘z omadini sinab ko‘radi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!