Rasman: Arablar "Manchester Siti" yulduzi transferini e'lon qildi
Saudiya Arabistoni Professional ligasida ishtirok etayotgan «Al-Qodisiya» matbuot xizmati «Manchester Siti» yarim himoyachisi Tijani Reynders bilan shartnoma imzoladi.
Bu haqida Saudiya klubining rasmiy sayti orqali xabar berildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, transfer qiymati 61 million yevroni tashkil etgan. 28 yoshli niderlandiyalik futbolchi bilan tuzilgan shartnoma tafsilotlari esa ochiqlanmagan.
Qayd etilishicha, bu bitim Saudiya Arabistoni chempionati tarixidagi eng qimmat transferlar orasida beshinchi o‘rinni egallamoqda.
Undan qimmatroq ravishda faqat Neymar, Jon Duran, Krisensio Sammervill va Mateo Retegi kabi futbolchilar sotib olingan.

Fikrlar