
Rasman! "Atletiko" darvozasini ishg‘ol qilgan darvozabon "Latsio" bilan shartnomasini uzaytirdi
"Latsio" darvozaboni Ivan Provedel klub bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda rimliklar matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kelishuvga ko‘ra, futbolchi 2027 yilga qadar "burgutlar" safida to‘p tepish huquqiga ega bo‘ladi. Shuningdek, Ivanning maoshi sezilarli oshgani ham aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Provedel chempionlar ligasi joriy mavsumida "Atletiko" darvozasini ishg‘ol qilgandi. Aynan uning so‘nggi daqiqalarda urgan goli sabab Rim klubi 1 ochkoni qo‘lga kiritgandi.
Ma’lumot o‘rnida, Ivan A Seriyaning 25 bahsida 26 gol o‘tkazib yuborgan. Qolaversa, posbon 9 ta uchrashuvda darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.
Fikrlar