
Rasman! Azizbek Amonov BAA klubiga ko‘chib o‘tdi
Rasman Azizbek Amonov BAAning "Xor-Fakkan" klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida jamoa rasmiy sahifasi orqali ma’lum qildi.
Avvalroq, futbolchining "Xor-Fakkan" bilan muzokaralar o‘tkazayotgani borasida xabar bergandik. Shuningdek, hujumchiga "Neftchi" xam qiziqib qolgandi, ammo Amonov xorijda to‘p tepishni ma’qul ko‘rdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur klubda yana bir futbolchimiz Abdulla Abdullaev ham harakat qiladi.
Fikrlar