Rasman! "Borussiya" bosh murabbiyi iste’foga chiqdi

  • 13.06.2024 16:39
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rasman "Borussiya" bosh murabbiyi Edin Terzich o‘z xohishiga ko‘ra, iste’foga chiqdi. Bu haqida klub o‘z sahifasi orqali ma’lum qilmoqda.

Tecno

2018 yili Dortmund jamoasiga kelgan mutaxassis dastlab Lyusen Favrga yordamchi murabbiy, keyin texnik direktor vazifasini bajardi. 2022 yildan keyin esa bosh murabbiyga aylandi. 

"Borussiya" Chempionlar ligasida hech kim kutmagan holatda chempion bo‘lishga yaqin keldi. Ammo finalda "Real"ga mag‘lub bo‘lgan nemislar Bundesligada 4-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. 

Mish-mishlarga ko‘ra, murabbiy rahbariyatga ketishini o‘zi so‘ragan, lekin buning sabablari aniq emas. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!