Rasman! "Chelsi" 38 yoshli Silva bilan shartnomani uzaytirdi

  • 11 fevral, 2023, 11:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” o‘zining braziliyalik himoyachisi Tiago Silva bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, “aristokratlar” 38 yoshli futbolchi bilan amaldagi shartnomani 2024 yilning iyuniga qadar uzaytirgan. Shundan kelib chiqadiki, Silva kamida yana bir mavsum London grandi safida qoladi.

Eslatib o‘tamiz, Tiago 2020 yildan buyon “Chelsi”da to‘p surib kelmoqda. U “aristokratlar” safida Chempionlar ligasi, Evropa superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.

Silva ushbu mavsum "Chelsi" safida barcha musobaqalarda jami 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!