Rasman! "Chelsi" Angliyadagi eng qimmat transferni amalga oshirdi

  • 22.07.2026 08:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Chelsi» klubi «Aston Villa» hujumchisi Morgan Rojers bilan shartnoma imzolaganini rasmiy e’lon qildi. Bu haqida londonliklar rasmiy saytida xabar berildi.

23 yoshli futbolchi yangi jamoa bilan 2033 yilgacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma tuzdi.

- Juda ham xursandman. Men uchun «Chelsi» – Londonning eng yirik klubi, bolaligimdan havas bilan kuzatib kelgan jamoam. Yangi bosh murabbiyning loyihasi, bu yerda to‘plangan tarkib va klub tanlagan yo‘nalish meni ilhomlantiradi. Shuning uchun ham bu yerdaman va ish boshlashni sabrsizlik bilan kutyapman, – dedi Rojers imzodan so‘ng.

«Aston Villa» safida Rojers 125 ta o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol urdi va yana 29 marta golli harakatlar muallifi bo‘ldi. U o‘tgan mavsumda jamoa bilan birga Yevropa Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

Rojers Angliya terma jamoasi tarkibida 22 ta o‘yinda maydonga tushgan va 1 ta gol urgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning «Chelsi»ga o‘tishi 137,3 million yevro atrofida baholangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!