
Rasman! Garet Beyl yangi jamoaga ko‘chib o‘tdi (FOTO)
“Los-Anjeles” klubi matbuot xizmati “Real”ning uelslik hujumchisi Garet Beylning transferini e’lon qildi.
Futbolchi Amerika klubiga tekinga ko‘chib o‘tgan, chunki uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirida tugaydi. Beyl yangi jamoasi bilan “1+1,5” ko‘rinishida shartnoma imzoladi.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli Beyl 2013 yildan beri "Real" safida to‘p surib kelayotgan edi. Umuman olganda, u “qirollik klubi” tarkibida jami 258 ta o‘yin o‘tkazib, 106 ta gol urgan va 67 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U bungacha “Sautgempton” va “Tottenxem” klublarida ham o‘ynagan.
Fikrlar