
Rasman! Hasan Ro‘ziev "Qizilqum" prezidenti etib tayinlandi
Bugun Hasan Ro‘ziev klub xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda o‘tgan yillar davomida qilingan ishlar va natijalar aytib o‘tilib, klubning yangi prezidenti tomonidan jamoa xodimlariga tegishlicha ko‘rsatmalar berildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
“Navoiylik muxlislar futbolni sevishadi va qadrlashadi. “Qizilqum” bilan yangi marralarni zabt etamiz. Klub o‘ziga xos tarixga ega. Butun jamoa bir yoqadan bosh chiqarib, maqsadlarni birlashtirgan holda bir tan-u bir jon bo‘lib, jamoamizni, viloyat futbolini olg‘a etaklashimiz lozim, zero hamjihatlikda bu natijaga erisha olamiz”, – dedi “Qizilqum” professional futbol klubi prezidenti Hasan Ro‘ziev.
Fikrlar