Rasman! Janluka Skamakka "Vest Xem"da (foto)

  • 27 iyul, 2022, 10:59
  • 0
  • Futbol

"Sassuolo" futbolchisi Janluka Skamakka APLga ko‘chib o‘tdi. U Londonning "Vest Xem" klubi bilan shartnoma imzoladi. 

"Bolg‘achilar" rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, hujumchi jamoa bilan 5 yillik bitimga imzo chekkan. Londonliklar ushbu transfer uchun bonuslar bilan qo‘shib hisoblaganda 42 million evro to‘laydi. 

Avvalroq, Skamakkaga PSJ klubi jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, italiyalik forvardning o‘zi Frantsiyani emas, Angliyani tanlagan. 

skamaka

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!