Rasman: "Lokomotiv"da portugaliyalik murabbiy ish boshladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Portugaliyalik mutaxassis Mikael Sekeyra rasman Toshkentning "Lokomotiv" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda "temiryo‘lchilar"ning "Tvitter"dagi sahifasi xabar tarqatdi. 

Sekeyraning so‘nggi jamoasi BAAning "An-Nasr" jamoasi hisoblanadi. Mutaxassis u erda murabbiy yordamchisi sifatida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, Mikael faoliyati davomida Portugaliyaning "Famalikan", "Merelinense", "Trofense", "Freamunde" kabi klublarida murabbiylik qilgan. Qolaversa, Sekeyra "Braga" klubida bosh tahlilchi mutaxassis sifatida ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!