Rasman: "Manchester Siti" "Artel" kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi!

  • 19.12.2025 14:36
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" O‘zbekistonning eng yirik kompaniyalaridan biri bo‘lgan "Artel" bilan hamkorlik qiladi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasman ma’lum qildi.

"Manchester Siti" bugun Markaziy Osiyodagi eng yirik maishiy elektron texnika ishlab chiqaruvchisi — Artel Electronics bilan yangi mintaqaviy hamkorlikni e’lon qildi. Qayd etilishicha, mazkur sheriklik klub tarixidagi mintaqa bo‘yicha ilk hamkorlik hisoblanadi hamda O‘zbekistonda futbol jadal rivojlanayotgan muhim pallada yo‘lga qo‘yildi", — deyiladi "shaharliklar" xabarida.

Ma’lumot uchun, ayni paytda klub safida O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Abduqodir Husanov ham to‘p tepmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!