Rasman! "Manchester Siti" darvozaboni bilan shartnomani yangiladi

  • 8 iyun, 2024, 17:16
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" Shtefan Ortega bilan amaldagi shartnomani yangiladi. Bu haqida klub o‘z sahifasi orqali ma’lum qildi.

Image

Germaniyalik posbon shu yozda erkin agentga aylanishi mumkin edi, lekin u jamoada qolishga qaror qildi. Shuni ham ta’kidlash kerak, Ortega 2022 yildan beri "shaharliklar" safida to‘p tepib kelmoqda. 31 yoshli darvozabon mazkur mavsum 20 ta o‘yinda maydonga tushishga muvaffaq bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu transferlar oynasida Ederson Moraes "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin. Uning o‘rniga klub yangi posbon izlamoqda. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!