
Rasman! "Milan" sardori endi Rim klubida o‘ynaydi (foto)
"Milan" sobiq sardori Alessio Romanoli "Latsio" futbolchisiga aylandi. Bu haqda Rim klubi matbuot xizmati xabar berdi.
U erkin agent sifatida "burgutlar" bilan shartnoma imzolagan. Alessio yangi jamoasida yiliga 3 million evro maosh oladi.
Ma’lumot uchun, Romanoli "Roma" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu klub "Latsio"ning ashaddiy raqiblaridan biri sanaladi.
Fikrlar