Rasman! MYu darvozaboni faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettiradi

  • 12.10.2021 15:57
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted"ni erkin agent maqomida tark etgan argentinalik darvozabon Serxio Romero "Venetsiya" klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda "Venetsiya" klubi rasmiy sayti xabar berdi.

34 yoshli posbon italyan klubi bilan 2021/22 yilgi mavsum yakuniga qadar bitim imzoladi. Futbolchi bungacha ham Italiyada faoliyat olib borgan. U 2011–2015 yillar mobaynida "Sampdoriya" darvozasini qo‘riqlagan.

Romero "Manchester Yunayted"da o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmaganidan norozi edi. U kelgusida terma jamoaga chaqirilishini istaydi va "Venetsiya"da muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishiga umid qiladi. Serxio Argentinaning "Rasing" klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!