Rasman! "Nasaf" Muhammadiev bilan shartnomani uzaytirdi

  • 28 dekabr, 2024, 18:45
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing amaldagi chempioni Qarshining “Nasaf” klubi kecha Umar Eshmurodovning qaytganini rasman e’lon qilgandi. Bu safar ham ushbu klubga doir yana bir xabar mavjud.

Gap shundaki, “Nasaf” 35 yoshli himoyachisi Shuhrat Muhammadiev bilan shartnomani uzaytirganligi ma’lum bo‘ldi. Bu xususida klub matbuot xizmati e’lon qildi.

Shuhrat Muhammadiev “Nasaf”ga o‘tgan yili qaytgan bo‘lib, joriy yilgi mavsumda hammasi bo‘lib 24 ta o‘yinda ishtirok etdi va maydonda 1771 daqiqani o‘tkazdi.

“Nasaf” klubi va Muhammadiev o‘rtasidagi yangi shartnoma muddati 2025 yilning oxirigacha amal qiladi.

Rasmiy xabar! "Nasaf" sobiq futbolchisini ortga qaytardi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!