
Rasmiy xabar! "Nasaf" sobiq futbolchisini ortga qaytardi
Bir mavsum Malayziyaning "Selangor" klubi sharafini himoya qilgan "Nasaf" sobiq futbolchisi Umar Eshmurodov qarshiliklar safiga qaytdi. Bu haqda Qarshi klubi matbuot xizmati xabar berdi.
2017-2023 yillar davomida "ajdarlar" safida to‘p tepgan futbolchi klub bilan bir yillik bitimga imzo chekdi.
Ta’kidlash kerak, Eshmurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi hamdir. U milliy terma jamoa safida jami 28 ta bellashuvda maydonga tushgan.
Fikrlar