
Rasman! "Navbahor"ning rossiyalik legioneri jamoani tark etdi
“Navbahor”ning rossiyalik yarim himoyachisi Pavel Golishev klub rahbariyati bilan kelishgan holda, ikki tomonlama kelishuv asosida jamoani tark etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Golishev Coca Cola Superliga doirasida “lochinlar” tarkibida 9 ta o‘yin o‘tkazib, umumiy hisobda maydonda 278 daqiqa to‘p surdi.
Pavel faoliyati davomida Rossiyaning “Moskva” (Moskva, 2005-2009 yillar), “Spartak” (Moskva, 2010 yilning 1-davrasi), “Alaniya” (Vladikavkaz, 2010 yilning 2-davrasi), “Tom” (Tomsk, 2011, 2012-2015, 2016-2017 yillar), “Tosno” (Tosno, 2015 yilning 2-davrasi), “Krilya Sovetov” (Samara, 2017 yilning 2-davrasi), “Baltika” (Kaliningrad, 2018 yilning 1-davrasi), “Luch” (Vladivostok, 2018 yilning 2-davrasi), “Nijniy Novgorod” (Nijniy Novgorod, 2019 yil) klublarida to‘p surgan. Joriy mavsumda esa “Navbahor”ga taklif etilgandi.
Fikrlar