Rasman! Odil Hamrobekovning yangi jamoasi ma’lum (Foto)

  • 20.12.2024 12:18
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining tajribali yarim himoyachi Odiljon Hamrobekov “Bunyodkor”ning yangi a’zosiga aylandi. 

"So‘nggi mavsumlarni yuqori darajada o‘tkazayotgan futbolchi 2025 yil Superligada “qaldirg‘ochlar” libosida maydonga chiqadi. Nafaqat klublar, balki terma jamoa doirasida ham katta xalqaro tajribaga ega Odiljonning “Bunyodkor”dagi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz!", - deyiladi klub matbuoti xabarida.

Ma’lumot uchun, Odiljon Hamrobekov 2017 yildan buyon O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 61 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!