
Rasman! Omorodion "Portu" futbolchisi
Yozgi transferlar oynasi paytida bir qancha grand klublarning e’tibor markazida bo‘lgan Samu Omorodion "Portu" futbolchisiga aylandi. Transfer summasi esa, 15 million evroga baholandi. Bitim 2029 yilning 30 iyun sanasiga qadar, 5 yil muddatga imzolandi. Kelishuvning boshqa batafsil tafsilotlari keyinroq ma’lum qilinadi.
"Atletiko"ning o‘zi futbolchining keyingi sotuvidan 50% ulush ishlab oladi. Agar "Portu" istasa kelasi yil 5 million evro qo‘shimcha pul to‘lab "matraschilar" oladigan summani 15% ga kamaytirishi mumkin. Agar 2026 yilga kelib, yana 5 million to‘lansa, "Atletiko"ning kelajakda oladigan puli 30% gacha kamayadi.
Fikrlar