Rasman! O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi "Bunyodkor"ga o‘tdi

  • 9 yanvar, 16:06
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi hujumchisi Azizbek Amonov faoliyatini "Bunyodkor"da davom ettiradi. Bu haqda O‘zPFL matbuoti xabar berdi. 

27 yoshli futbolchi erkin agent sifatida "qaldirg‘ochlar" safiga ko‘chib o‘tadi. Shartnoma muddati 2025 yilning 31 dekabriga qadar mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Amonov BAAning "Xorfakkan" jamoasidan erkin agent sifatida "yo‘lbarslar" safiga kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!