
Rasman! "Paxtakor" "Bunyodkor" futbolchisini sotib oldi
"Paxtakor" "Bunyodkor" bilan Mahmud Mahammadjonov borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda "sherlar" matbuoti xabar berdi. Mahammadjonov o‘tgan mavsumni ijara asosida "Paxtakor"da o‘tkazgan edi.
“Paxtakor” va “Bunyodkor” o‘zaro kelishuvga erishdi. U bugun Antalya sari parvoz qiladi. Hush kelibsan, Mahmud!" , - deya yozdi klub matbuoti.
Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum Superligada 20 ta o‘yinda qatnashib, bitta gol va yana bir assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar