Rasman! Portugaliyada yana o‘zbekistonlik futbolchi paydo bo‘ldi

  • 17 yanvar, 2020, 23:23
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bunyodkor" klubi tarbiyalanuvchisi Abubakir Mo‘ydinov faoliyatini Portugaliya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

2000 yilda tavalladu topgan yosh futbolchimiz "Leyshoynsh" jamoasi a’zosiga aylandi.

Himoyachi 2019 yilda "Bunyodkor"ning asosiy jamoasida faoliyatini boshlab, davraning ikkinchi qismida BAAning "Al-Nassr" klubiga ko‘chib o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, "Leyshoynsh" jamoasi quyi liga vakili hisoblanadi. Jamoa 16 ta turdan so‘ng, 24 ochko to‘plagan holda, turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turipti. Musobaqada etakchilik qilayotgan "Nasonal" klubidan 9 ochkoga ortda qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!