Rasman! "RB Leyptsig" Superliganing eng yaxshi to‘purarini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 22.09.2020 23:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"RB Leyptsig" klubi o‘zining rasmiy saytida "Kristal Pelas" hujumchisi Aleksandr Serlotning transferini rasman e’lon qildi.

Nemis grandiga 24 yoshli norvegiyalik futbolchining transferi 20 mln evroga tushgan. Ushbu summa kelajakdagi bonuslar hisobiga yana 4 mln evroga oshishi mumkin.

“Shimol qiroli. “RB Leyptsig”ga xush kelibsan!”, - deb yoziladi klub rasmiy tvitter sahifasida.

Ta’kidlash kerakki, Serlot o‘tgan mavsumni “Trabzonspor” klubida ijarada o‘tkazdi va Turkiya Superligasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!