Rasman! "Real" futbolchisi La Liganing boshqa jamoasiga ko‘chib o‘tdi

  • 16 iyun, 2020, 17:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Valyadolid" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali "Real" himoyachisi Xavi Sanchesni sotib olganini e’lon qildi.

"Valyadolid" 23 yoshli futbolchini o‘tgan mavsum ijaraga olgan edi, endi esa uning transfer huquqini ham to‘liq sotib oldi. Ushbu transfer 3 mln evroga tushgan, futbolchi esa yangi jamoasi bilan 2024 yilgacha shartnoma imzolagan.

Aytish kerakki, Sanches o‘tgan davr mobaynida “Valyadolid” safida bor yo‘g‘i 2 ta o‘yinda maydonga tushgan xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!