Rasman! "Real"da Anchelotti o‘rnini egallashi kutilgan Alonso "Bayer" bilan shartnoma muddatini uzaytirdi

  • 4 avgust, 2023, 17:16
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyaning "Bayer" jamoasi bosh murabbiy Xabi Alonso bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti orqali xabar berdi. 

Tecno

Mutaxassis bilan 2026 yil 30 iyunga qadar amal qiladigan shartnoma imzolandi. U o‘tgan mavsum "dorishunoslar"ni Evropa ligasi yarim finaliga qadar olib chiqdi. Shuningdek, klub uning boshchiligida Bundesligada 6-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, ko‘plab manbalar Alonsoni "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘rniga kelishini yozayotgandi. Joriy mavsum yakuniga etgach, Anchelotti Braziliya termasi boshqaruvini o‘z qo‘liga oladi. 

alonso

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!