Rasman. Ruben Amorim "Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi

  • 1 noyabr, 2024, 17:36
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" o‘zining rasmiy saytida Ruben Amorim bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qildi. Portugaliyalik mutaxassisning "qizil iblislar" bilan shartnomasi 2027 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan. Shuningdek, tomonlar kelishuvida shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati mavjud.

Tecno

Amorim jamoada 11 noyabrdan ish boshlaydi. Rud van Nistelroy Ruben kelguniga qadar jamoani boshqarishda davom etadi.

- Ruben Amorim - Evropa futbolidagi eng ajoyib va yuqori baholanadigan yosh murabbiylardan biri, - deya ta’riflaydi mutaxassisni MYu.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!