
Rasman! Ruslan Jiyanov "Navbahor"da qoladigan bo‘ldi
Namanganning "Navbahor" jamoasi navbatdagi transferni e’lon qildi. O‘tgan yilni ham namanganliklar safida o‘tkazgan Ruslan Jiyanov bu yil ham jamoda qolladigan bo‘ldi.
"Mahoratli yarim himoyachi Ruslanbek Jiyanov jamoamiz bilan shartnoma imzoladi. U yangi mavsumda ham "lochinlar" sharafini himoya qiladi.
Biz Ruslanbek Jiyanovning 2025 yilgi mavsumda chiroyli o‘yinlar namoyish etib, "Navbahor" ning g‘alabalariga munosib hissasini qo‘shishiga tilakdoshmiz", - deya xabar berdi klub matbuoti.
Fikrlar