Rasman! "Siti" 3 nafar yangi futbolchini EChLda ro‘yxatdan o‘tkazdi

  • 07.02.2025 17:06
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" qishda tarkibda kelib qo‘shilgan futbolchilardan 3 nafarini Evropa Chempionlar ligasida ro‘yxatdan o‘tkazdi. 

UEFA Chempionlar ligasida yangilangan ro‘yxatni taqdim etish uchun so‘nggi muddat kecha tunda o‘z yakuniga etdi. Klublarga guruh bosqichi yakunlangach, 3 nafar yangi futbolchini Chempionlar ligasida ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berilgandi. 

"Shaharliklar" qishda kelib qo‘shilgan futbolchilardan Omar Marmush, Abduqodir Husanov hamda Niko Gonsalesni ligada ro‘yxatdan o‘tkazdi. 

Endilikda ular 11 fevral kuni "Etihad"da va 19 fevral kuni safarda "Real"ga qarshi uchrashuvlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega hisoblanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!