
Rasman! Toni Kroos "Evro-2024"dan so‘ng futbolchilik faoliyatini yakunlaydi
Germaniya terma jamoasi va "Real" klubi etakchisi Toni Kroos faoliyati bilan bog‘liq masalaga oydinlik kiritdi.
Kroos ijtimoiy tarmoqdagi o‘zining rasmiy sahifasida "Evro-2024" so‘ng nafaqat Germaniya terma jamoasidagi, balki futbolchilik faoliyatini yakunlashini e’lon qildi.
Futbolchi bu mavsum uning uchun so‘nggisi ekanligini aytdi. EChL finali va Evropa chempionati uning karerasidagi oxirgi o‘yinlar bo‘ladi.
Fikrlar