Rasman! UEFA Chempionlar ligasining qolgan o‘yinlari Portugaliyada o‘tkaziladi

  • 17 iyun, 2020, 19:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Chempionlar ligasining chorak final bahslari 12-15 avgust, yarim final 18-19 hamda final 23-avgust kuni bir o‘yinli formatda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Ushbu o‘yinlar Lissabondagi "Eshtadiu da Luish" va "Joze Avalade" stadionlarida o‘tkaziladi. 1/8 final o‘yinlari esa 7 va 8-avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 1/4 final bosqichiga "Atalanta", "Atletiko", PSJ va "RB Leypsig" klublari chiqishgan. "Yuventus" - "Lion", "Barselona" - "Napoli", "Manchester Siti" - "Real" va "Bavariya" - "Chelsi" juftliklarida esa javob bahslari o‘tkazilishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!