Rasman! VXL o‘yinlari ham to‘xtatildi

  • 17 mart, 2020, 22:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Xokkey
TIGGO 2 PRO

Oliy xokkey ligasining (VXL) Petrov va Federatsiya kuboklari 24 martga qadar to‘xtatildi. Bu haqda VXL matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha koronavirus pandemiyasining keng tarqalayotgani hamda Rossiya sport vazirligining tavsiyasiga ko‘ra VXL Rossiya xokkey federatsiyasi va ishtirokchi jamoalar bilan maslahatlashgan holda Petrov kubogi va Federatsiya kubogi o‘yinlarini 18 martdan 24 martgacha o‘tkazmaslikka qaror qilgan.

VXL shundan so‘ng chempionatni davom ettirmoqchi. Pley-off o‘yinlarini davom ettirilish sanasi keyinroq rasman e’lon qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!