Rasul Yo‘ldoshev: "Arsenal" kuchli jamoa ekan

  • 20.07.2022 19:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Avval xabar berganimizdek, ikkinchi davraga Belarusda tayyorgarlik olib borayotgan “Bunyodkor” bugun Minskning “Arsenal” klubiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazdi va 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

O‘yindan so‘ng "qaldirg‘ochlar" a’zosi Rasul Yo‘ldoshev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bugun Belarus Oliy ligasida ishtirok etadigan "Arsenal" jamoasiga qarshi o‘ynadik. Yaxshi jamoa ekan. "Energetik-BGU" bilan solishtirganda "Arsenal" nisbatan kuchliroq tuyuldi. Ammo turnir jadvalida ular nisbatan pastroq pog‘onada borishmoqda. Xudo xoxlasa ikkinchi davraga birinchisidan ko‘ra kuchliroq bo‘lib qaytamiz va o‘ylagan maqsadlarimizga erishamiz.

Belarus yig‘ini doirasida yana 2 ta o‘yinimiz bor. Murabbiyimiz ushbu uchrashuvlarda o‘zini ko‘rsatishi uchun hammaga teng imkoniyat beryapti.

Minskdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari haqida gapiradigan bo‘lsak, bu erda ob-havo ayni futbol o‘ynaydigan darajada ekan. Bizga juda ham qulay bo‘lyapti. Bunday yig‘inlarni ko‘proq bo‘lishi faqatgina barchamiz uchun juda foydali bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, "Bunyodkor" 16 iyul kuni Belarus Oliy ligasining yana bir klubi - "Energetik-BGU"ga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazgan va 2:2 hisobida durang qayd etgan edi. Viktor Karpenko shogirdlarini bugun "Medjimure" klubiga qarshi o‘yin ham turib turibdi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!