
Raul o‘zining orzular jamoasiga Ronaldoni emas, Ronalduni kiritdi
Ispaniyalik mashhur futbolchi Raul Gonsales o‘zining orzular jamoasini tuzib chiqdi. U ushbu tarkibga o‘z vaqtida "Real"da birga to‘p surgan 6 nafar jamoadoshini kiritdi.
Darvozabon: Manuel Noyer;
Himoyachilar: Kafu, Fernando Yerro, Paolo Maldini, Roberto Karlos;
Yarim himoyachilar: Luish Figu, Fernando Redondo, Zinedin Zidan, Rayan Giggz;
Hujumchilar: Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu.
Eslatib o‘tamiz, 41 yoshli Raul faoliyati davomida "Real", "Shalke", "Al-Sadd" va "Nyu-York Kosmos" klublarid to‘p surgan. Ispaniya terma jamoasi safida esa 102 ta o‘yin o‘tkazib, 44 ta gol urgan.
Fikrlar