Ravshan Ermatov "Andijon" futbolchilarining kaltaklangani haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi

  • 07.11.2020 10:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ayrim internet manbalarida “Andijon” klubi futbolchilarining “Surxon”ga qarshi o‘yindan so‘ng kaltaklangani haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

“Yo‘q, agar bu rost bo‘lganida, men buni eshitgan bo‘lardim. Bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bizda uchrashuv komissari, o‘yinni o‘tkazish uchun futbol assotsiatsiyasidan mas’ullar yuboriladi. Ular barchasini ko‘rishgan bo‘lardi, ular bunday voqealarni o‘tkazib yuborishlari mumkin emas. Agar qandaydir hodisa yuz bersa, bu o‘yin protokolida yozilgan bo‘lardi. Hisobotlarda esa hech narsa yo‘q”, - dedi Ermatov Sputnik nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, “Surxon”ga (1:0) imkoniyat boy berilgach, jamoa boshlig‘i Doniyor Mullajonov bosh murabbiy Baxtiyor Hamidullaevni iste’foga chiqargan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!