Ravshan Haydarov: Tarkibdagi muammolar jamoamizni bugun ham ta’qib qildi

  • 12 sentabr, 2020, 22:25
  • 0
  • Futbol

Coca Cola Superliganing 14-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» - «Surxon» (2:1) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Ravshan Haydarov ishtirok etdi. Bu haqda "Bunyodkor" matbuot xizmati xabar berdi.

Afsuski, bugun uch futbolchimiz maydonga tusha olmadi. Chunki tarkibdagi muammolar jamoamizni bugun ham ta’qib qildi. Shunga qaramay, birinchi bo‘limda yomon o‘ynamadik. Ikkinchi bo‘lim avvalida o‘z xatolarimiz tufayli ikkita tezkor gol o‘tkazib yubordik. Shundan keyingina o‘zimizga keldik va gol urib raqibga bosim uyushtirdik. Ikkita gol o‘tkazgach, yo‘qotadigan narsamiz qolmagandi, shu bois yigitlar oldinga o‘tib hujumkorlikni oshirishdi. Biroq mag‘lub bo‘ldik. Maydonga tushgan yoshlar yomon o‘ynamadi, shijoatlari sezilib turibdi. Himoyadagi qo‘pol xatolarni tahlil qilish kerak. Yosh bolalarcha xato qildik, - dedi Ravshan Haydarov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!