Ravshan Haydarov: "Yosh tarkib bilan ishtirok etishimizga qaramay, men jamoamizga ishonaman"
U23 Osiyo kubogi 1-tur o‘yinlari oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda bosh murabbiy Ravshan Haydarov va futbolchimiz Saidumarxon Saidnurullaev ishtirok etdi.
Ravshan Haydarov:
— Assalomu alaykum. Avvalambor, mana shu musobaqada ishtirok etayotganimizdan xursandmiz. Tashkiliy tomondan barchasi ajoyib, OFK hamda mahalliy tashkiliy qo‘mitaga minnatdorchilik aytaman, barcha jamoalarga omad tilayman.
— Biz bu musobaqani yaxshi ko‘ramiz va hurmat qilamiz. Bu turnirda reytingimiz baland, har doim yuqori natijalar qayd etib kelamiz. O‘ylaymanki, bu galgi musobaqada ham munosib ishtirok etib, yuqori natijaga erishamiz.
Guruhdagi raqiblar haqida
— Albatta, guruhimizda kuchli jamoalar yig‘ilgan. Ularning tajribalari va imkoniyatlarini bilamiz. Yosh tarkib bilan ishtirok etishimizga qaramay, men jamoamizga ishonaman. Futbolchilar bilan suhbatda bu turnir ularga ko‘prik vazifasini o‘tib berishini aytib o‘tdim.
Saidumarxon Saidnurullaev:
— Tayyorgarlik yaxshi bo‘ldi. Biz dastlab Toshkentda, keyin Qatarda yig‘in o‘tkazdik. Adaptatsiya yetarli bo‘ldi. Asosiy maqsadimiz — musobaqada munosib qatnashib, yuqori natija qayd etish.
Ichki muhit haqida
— Ichki muhit ajoyib, hamma yaxshi kayfiyatda. Oldimizda qanday turnir turganini bilamiz, jamoamiz musobaqaga 100 foiz tayyor.
Fikrlar