
“Real” afsonasi klubdan arazladi va ketadigan bo‘ldi
“Real” rahbariyati 2021 yildan beri jamoani boshqarib kelgan Karlo Anchelotti o‘rniga “Bayer”da muvaffaqiyatli ishlagan Xabi Alonsoni bosh murabbiy etib tanladi.
“Qirollik klubi” bu nomzodni bir necha mutaxassislar orasidan tanlab oldi. Bosh murabbiylikka da’vogarlar orasida “Real” yoshlar jamoasi bilan ishlayotgan mashhur to‘purar Raul Gonsales ham bor edi.
47 yoshli murabbiy 2019 yildan beri yoshlar jamoasida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgandi. Relevo nashrining yozishicha, “Real”ning sobiq sardori klub rahbariyatining bosh murabbiy tanlovidan xafsalasi pir bo‘lgan.
“Qirollik klubi” xo‘jayinlari o‘ziga imkon bermaganidan xafa bo‘lgan Raul Gonsales klubdan ketishga qaror qildi.
Raul Gonsales anchadan beri mustaqil tarzda bosh murabbiylik faoliyatini boshlashni rejalashtirib yuribdi.
Fikrlar