
"Real" avgustda Anchelottining sobiq jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi
Madridning "Real" klubi "Milan" bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Qayd etilishicha, o‘yin 8 avgust kuni Klagenfurt shahrida (Avstriya) bo‘lib o‘tadi. Bu "qirollik" klubi uchun mavsumoldi tayyorgarlik jarayonidagi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yini bo‘ladi. Boisi Karlo Anchelotti shogirdlari 25 iyul kuni Stiven Jerrard murabbiyligidagi "Reynjers"ga qarshi o‘ynaydi.
"Real" o‘tgan mavsum Zinedin Zidan boshchiligida La Ligada ikkinchi o‘rinni egalladi va Chempionlar ligasi yarim finaliga qadar etib bordi.
“Real” La Liganing yangi mavsum ilk turini 15 avgust kuni safarda “Alaves”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar