"Real" Azarning jarohati bo‘yicha rasmiy bayyonot berdi
“Real” Madrid klubi vingeri Eden Azar tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra belgiyalik futbolchining jarohati kutilganidek jiddiy bo‘lib chiqmagan va u jarrohlik amaliyotiga muhtoj emas.
Eslatib o‘tamiz, Azar kecha EChL guruh bosqich 5-turidan o‘rin olgan PSJga (2:2) qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.
Ma’lumot uchun, Azar bu mavsum “Real” safida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar