
"Real" Beylning diskvalifikatsiyasini bekor qildira olmadi
Madridning "Real" klubi uelslik vinger Garet Beylning La Liga 3-turida "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinda olgan diskvalifikatsiyasini bekor qilish bo‘yicha apellyatsiya berdi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra La Liga tartib-intizom qo‘mitasi “qirollik klubining ushbu apellyatsiyasini rad etdi. Endi madridliklar Beylning qizil kartochkasi uchun 350 evro, futbolchining o‘zi esa 600 evro jarima to‘laydi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” o‘zining navbatdagi uchrashuvini 14 sentyabr kuni o‘z maydonida “Levante”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar