“Real” “Chelsi” futbolchisini zaxiraga mixlamoqchi

  • 25.02.2023 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” mutasaddilari yozda “Chelsi” hujumkor futbolchisi Kristian Pulishichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Defensa Central nashrining ma’lum qilishicha, madridliklarning bu hujumkor futbolchiga alohida rejasi bor. Unga ko‘ra, “Real” murabbiylar shtabi Pulishichni zaxira o‘yinchisiga aylantiradi.

Kristian asosiy tarkib o‘yinchilari -  Vinisius Junior va Rodrigoga o‘rinbosarlik qilishi talab etiladi.

24 yoshli Pulishichning taklifga bo‘lgan munosabati norozi. U “Chelsi” safida jami 136 ta uchrashuvda qatnashib,  26 ta gol va 21 assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!