"Real" darvozaboni tarixdagi eng yaxshi futbolchi kimligini aytdi. U Messi ham, Pele ham emas

  • 13 iyul, 2024, 12:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi va Ukraina terma jamoasi darvozaboni Andrey Lunin jurnalistlar bilan suhbatda kimni futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb bilishini aytdi.

Marca nashri xabar berishicha, ukrainalik darvozabon bu borada qirollik klubining sobiq hujumchisi Krishtianu Ronalduni tanlagan. Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik forvard 2009 yildan 2018 yilgacha “Real” sharafini himoya qilgan.

Hozirda 39 yoshli portugaliyalik hujumchi Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi a’zosi hisoblanadi. O‘tgan mavsumda u jamoaning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida joriy 2024 yilgi Evropa chempionatida ishtirok etdi va beshta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!