
“Real” darvozasini qo‘riqlagan golkiper futboldan ketdi
“Real” darvozasini qo‘riqlagani bilan tanilgan darvozabon Diego Lopes 42 yoshida professional faoliyatini yakunladi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
Diegoning faoliyatidagi oxirgi klub “Rayo Valekano” bo‘ldi. Darvozabonning shartnomasi yozda yakunlangan edi. Klub unga yangi bitim bermadi.
Lopes olti oy davomida o‘ziga yangi jamoa qidirdi. Biroq uning xizmatlariga talab bo‘lmagach, futboldan ketishga qaror qildi.
Diego Lopes o‘z davrida “Real”, “Milan”, “Vilyarreal”, “Sevilya” va “Espanol” kabi jamoalar darvozasini ham qo‘riqlagan.
Fikrlar