“Real” Dibala uchun Kroosdan voz kechishga tayyor

  • 4 dekabr, 2017, 10:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Madridning “Real” jamoasi prezidenti Florentino Peres “Yuventus” hujumchisi Paulo Dibalani qo‘lga kiritish fikrini yana ilgari surdi.

Calciomercato nashrining xabar berishicha, “Qirollik klubi” argentinalik iqtidor uchun pul bilan birga Toni Kroosni ham berib yuborishga tayyor. O‘z navbatida “Yuventus” Dibalani saqlab qolish uchun unga yangilangan va yaxshilangan shartnoma taklif qiladi.

“Real” parallel ravishda “Inter” etakchisi Mauro Ikardiga ham qiziqish bildirmoqda. Hozircha rasmiy muzokaralar boshlanmadi.

Ma’lumot uchun, Mauro Ikardi joriy mavsumda A Seriyaning 15 o‘yinida 12 ta gol va 3 ta golli pasga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!