"Real" frantsiyalik ikki himoyachidan birini tanlamoqchi

  • 20 iyul, 23:16
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi yozgi transfer oynasi yakunlanguncha markaziy himoyaga yana bir futbolchi qo‘shish niyatida. "L’Équipe" va "Transfer News Live" manbasiga ko‘ra, ispan grandi "Liverpul" himoyachisi Ibraima Konate bo‘yicha so‘rov yuborgan va uning narxini aniqlashga uringan. Shu bilan birga, Konatening "qirollik klubi"ga o‘tishni xohlayotganini bildirgan.

Tecno

Bundan tashqari, "Real" "Arsenal" futbolchisi Vilyam Saliba harakatlarini ham diqqat bilan kuzatmoqda. Ammo manbaning ta’kidlashicha, Salibani qo‘lga kiritish Konatega qaraganda ancha qiyin bo‘lishi mumkin. Buning sababi – frantsuz himoyachisining londonliklar bilan shartnomasi yana ikki yilga mo‘ljallangan.

Ibrahima Konate' of France and William Saliba greet the fans at the end of the UEFA Nations League 2024/25 League A Group 2 match between Italy and...

Transfermarkt portali Saliba narxini 80 million evro deb baholanayotgan bo‘lsa, mersesaydliklar himoyachisiniki 60 million evroni tashkil etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!