
"Real" futbolchisi bir oyga safdan chiqdi
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Braim Dias jarohati sabab 3-4 hafta maydonga tusha olmaydi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 20 yoshli ispaniyalik futbolchining mushaklari shikastlangan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Diasni “Milan” klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Dias “Real” safiga joriy yilning yanvarida 17 mln evro evaziga “Manchester Siti”dan kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan mavsum La Ligada 9ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar