“Real” futbolchisi ikki taklifni rad etdi

  • 08.09.2021 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” yarim himoyachisi Marko Asensio yozda o‘ziga bir necha takliflar bo‘lganida qaramasdan, “Qirollik klubi”ni tark etishdan bosh tortgani ma’lum bo‘ldi.

Manbalarning xabar berishicha, ispaniyalik futbolchini so‘rab, “Tottenxem” va “Milan” madridliklarga murojaat qilgan. Biroq, Asensio bu jamoalarga o‘tmasdan, “Santyago Bernabeu”da qolishni ma’qul topdi.

Asensioning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha davom etadi. Agar klub unga yangi shartnoma taklif qilmasa, kelasi yoz Asensioni sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!